Texnologiya | 11:16 / 29.01.2016
3281
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook`da Like tugmachasi yonida yangi 6 xil turdagi emotsiyalar paydo bo‘ladi

Tez kunlarda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Like tugmachasi yonida yangi 6 xil turdagi emotsiyalarni joriy qiladi. Tarmoq mutaxassislari uzoq vaqt mobaynida bu borada ish olib borishdi. Biroq shunchaki foydalanuvchilarning har bir postga aynan qanday emotsiya bildirishini oltita universal tugmachalar orqali ifodalash oson ish emas.

Olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar va izlanishlar natijasida Reactions loyihasi foydalanish uchun tayyor holatga keltirildi. Bu smayliklar yoki emotikonlar postlarga aniqroq reaksiya bildirish imkoniyatini yaratadi.

Odatiy bosh barmoqning yuqoriga ko‘tarilib turgan belgisi o‘rnida post yoqqanini, kulguli chiqqani va hayron bo‘lganini ifodalash mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq mazkur «Layk» tugmachasi o‘rnini yangi turdagi smayllar egallashi haqida xabar tarqatilgan, biroq bu loyiha aynan qachon to‘liq joriy etilishi aniq bo‘lmagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish